"Red Wings" aviakompaniyasi Namangan va Qozonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
Rossiyaning "Red Wings" aviakompaniyasi Qozon – Namangan – Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Shaharlar oʻrtasidagi aviaqatnovlar 2024-yilning 12-fevralidan boshlanishi va 2024-yilning 25-martigacha davom etishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 rusumidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Red Wings aviakompaniyasi Oʻzbekistonga 12 ta yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshiradi:
- Maxachkala - Buxoro - Maxachkala (chorshanba va juma kunlari);
- Maxachkala - Namangan - Maxachkala (chorshanba va shanba kunlari);
- Maxachkala - Urganch - Maxachkala (shanba kunlari);
- Maxachkala - Toshkent - Maxachkala (dushanba, juma va yakshanba kunlari);
- Samara - Toshkent - Samara (seshanba kunlari);
- Samara - Urganch - Samara (payshanba kunlari);
- Moskva - Buxoro - Moskva (dushanba va juma kunlari);
- Yekaterinburg - Samarqand - Yekaterinburg (shanba kunlari);
- Yekaterinburg - Buxoro - Yekaterinburg (chorshanba va payshanba kunlari);
- Yekaterinburg - Toshkent - Yekaterinburg (seshanba va juma kunlari);
- Qozon - Samarqand - Qozon (dushanba kunlari);
- Qozon - Toshkent - Qozon (payshanba kunlari).
"Red Wings" - Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo'lib, muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi.
23 Jan, 2024