Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi

“Uzbekistan Airports” hamda uning tarkibiy korxonalarida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramga transport vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilorom Djalalova, tilshunos olim Abdurashid To‘ychiyev hamda bir guruh ijodkor va san’atkorlar tashrif buyurishdi.

Tadbirni “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sarvar Fayzullayev ochib berdi hamda boshqaruv raisi Javlonbek Umarxodjayevning kompaniya jamoasiga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda birin-ketin so‘zga chiqqan ishtirokchilar o‘zbek tilining uzoq yillik tarixi, uning go‘zalligi davrlar ichra sayqallanib, bugungi kunda dunyoda qiziqish uyg‘otayotgan tillardan biriga aylanib kelayotgani, tilimizni boyitishdagi buyuk bobokalonlarimizning o‘rni haqida gapirib o‘tishdi. Bayram kuy qo‘shiq va raqslarga ulanib ketdi hamda xodimlar tomonidan o‘zbek tili haqida sherlar, aziz Vatanimiz haqida qo‘shiqlar kuylandi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan tizimda davlat tilida ish yuritishni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqaruv raisining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayramning davomi Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida davom etdi. Yo‘lovchilar doirachilar dastasining konsert dasturidan bahramand bo‘lishdi.

21 Oct, 2025