Clinics and Pharmacies

✈️ Parvoz nega kechiktiriladi?

Agar parvozingiz kechiksa, aviakompaniyani ayblashga shoshilmang — buning sabablari siz o'ylaganingizdan ham ko'proq bo'lishi mumkin!

🔹 Ob-havo. Momaqaldiroq, kuchli shamol, tuman — bularning barchasi uchish va qo'nishni qiyinlashtirishi va sekinlashtirishi mumkin. Xavfsizlik har doim birinchi o'rinda turadi.

🔹 Texnik tekshiruvlar. Parvozdan oldin hatto kichik nosozliklar ham bartaraf qilinishi kerak. Bitta kichik sensorni almashtirish ham vaqt talab etadi.

🔹 Aeroportdagi tirbandlik. Havoda yoki yerda juda ko'p samolyotlar bo'lganda, havo harakatini boshqaruvchilar jo'nash va qo'nish navbatini tartibga soladilar.

🔹 Yo'lovchilar va yuklar. Ba'zan kimdir ro'yxatdan o'tadi, lekin samolyotga chiqishga kelmaydi — bunday yo'lovchilarning yuklari samolyotdan olinishi kerak.

💡 Fakt: Tarixdagi eng uzoq kechikish to'rt kundan ortiq davom etgan — 2010-yilda Islandiyada vulqon otilishi tufayli butun Yevropa osmoni kul aralsh bulutlar bilan qoplagan edi.

Shunday qilib, agar sizning parvozingiz bir necha soatga kechiktirilsa, bu albatta noqulaylik, ammo falokat emas, balki xavfsizlik birinchi o'rinda turadigan keng aviatsiya logistikasi jarayonining bir qismidir.

30 Oct, 2025