Namangan birinchi spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
“Uzbekistan Airports” Namangan xalqaro aeroporti hududida birinchi professional spotting-tur uchun arizalar qabul qilish ochilganini e'lon qiladi. Tadbirning taxminiy sanasi - 2025-yil 27-noyabr.
Spotting-turda barcha xohlovchi spotterlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun info.nma@uzairports.com elektron manziliga ariza yuborish va pasport skanerini ilova qilish lozim. Arizalarni qabul qilish 9-noyabr kuni soat 18:00 da yakunlanadi.
Agar ishtirok etish uchun yuborgan arizangiz maqullansa, sizga 2025-yil 12-noyabr kunigacha javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.
06 Nov, 2025