Bugun barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz!
Mamlakat aeroportlarida har kuni yo‘lovchilar va xodimlarning sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan 229 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi. Ularning e’tibori, mas’uliyati va tajribasi aeroport tibbiyot markazlariga murojaat qilgan har bir kishiga malham bo‘ladi.
Yil boshidan beri 26 854 kishi aeroport tibbiyot xodimlaridan yordam so‘rab murojaat qilgan va ularning har biriga professional yordam ko‘rsatildi.
Tibbiyot xodimlarining ishi nafaqat bilim va tajriba, balki odamlarga samimiy munosabatdir.
Aeroportlarda odamlar xavfsizligi va qulayligiga qo‘shgan hissangiz, e’tiboringiz va g‘amxo‘rligingiz uchun har biringizga minnatdorchilik bildiramiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
09 Nov, 2025