"Uzbekistan Airports" "TransLogistica Uzbekistan 2025" ko'rgazmasida ishtirok etdi
14 mamlakatning yetakchi transport va logistika kompaniyalarini birlashtirgan 21-xalqaro "TransLogistica Uzbekistan 2025" ko'rgazmasi 11-noyabrdan - 13-noyabrgacha Toshkentdagi "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar majmuasida bo'lib o'tdi.
Mamlakat aviatsiya sohasining yetakchilaridan bo'lgan "Uzbekistan Airports" kompaniyasi an'anaviy ravishda ko'rgazmada ishtirok etib, aeroport infratuzilmasini boshqarish, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash va aviatsiya logistikasini rivojlantirish bo'yicha zamonaviy yechimlarni taqdim etdi.
Ko'rgazma doirasida kompaniya vakillari mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan bir qator uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazdilar, havo transporti sohasida hamkorlik istiqbollari, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakat aeroportlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
14 Nov, 2025