Toshkent aeroportining jo‘nab ketish terminalida yangi qahvaxona ish boshladi
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminalida "YESS! Coffee" ochildi! Yangi umumiy ovqatlanish shoxobchasi ro‘yxatdan o‘tish hududida joylashgan bo‘lib, 24 soat ishlaydi. Qahvaxona menyusida issiq va sovuq ichimliklar, yengil taomlar, shirinliklar va sendvichlar mavjud.
"YESS! Coffee" brendi “Comfort Development” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u Toshkent xalqaro aeroportida umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etish uchun joy ijarasi bo‘yicha auksionda g‘olib chiqqan. Qahvaxona kompaniyaning Toshkentda ochilgan o‘ninchi filiali bo‘ldi.
30 Jan, 2024