Toshkent aeroportida birinchi muzqaymoq do’koni ochildi.
Toshkent xalqaro aeroportida “Cono” brendi ostida muzqaymoq kioski ochildi. Kiosk jo'nash terminalining ro'yxatdan o'tish zonasida joylashgan bo'lib, auktsion orqali 4 kvadrat metr maydonni egallagan.
Kioskda turli xil ta'mlardagi muzqaymoqlar mavjud. Mahsulotlar ro’yhatini muntazam ravishda kengaytirish rejalashtirilgan.
“Cono” - bu 2018-yildan beri O'zbekistonda mashhur bo'lgan “Mondo” italyan kafesining sho''ba brendi. U alohida biznes sifatida ajralib yuqori sifatli muzqaymoq sotishga ixtisoslashtirilgan. Yangi brend ostida uchta nuqta Toshkentda faoliyat yuritmoqda, aeroportda ochilgan nuqta to'rtinchisi bo’ldi.
18 Nov, 2025