Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi keng nishonlandi
Har yili 18-noyabr kuni “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiy korxonalarida ushbu bayram ko‘tarinki ruh bilan nishonlanadi. Mana bu yil ham “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJda “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Aviatsiya xodimlarini ushbu bayram bilan qutlagani kelgan, siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Narzulla Jo‘rayev davlatimiz ramzining tarixi, unda mujassam bo‘lgan ma’no, uning birlashtiruvchi kuchi haqida chuqur mazmunga ega ma’ruza o‘qib berdi. Tadbir savol-javoblarga ulanib, soha yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zalida davom ettirildi. Unda mamlakatimiz mehmonlari va turistlar ko‘ksiga bayroq ramzi tushirilgan tasmalar taqildi. Bayrog‘imiz aks ettiradigan ranglarning mazmuni haqida so‘zlab berildi.
18 Nov, 2025