"CargoTalk" jurnalining noyabr sonida "Uzbekistan Airports Cargo"
Nufuzli xalqaro jurnal "CargoTalk" noyabr oyidagi nashrida (https://cargotalk.in/editions/2025/CTNov25.pdf) Toshkent aeroportida yuk operatsiyalarini rivojlantirishga bag'ishlangan maqola chop etdi.
Nashrda 2025-yil mart oyida foydalanishga topshirilgan "Uzbekistan Airports Cargo" kompaniyasining yangi, zamonaviy yuk majmuasi batafsil yoritilgan.
Uning asosiy afzalliklari sifatida quyidagilar keltirilgan:
▪️ yuklarga ishlov berish hajmi yiliga 120 000 tonnagacha
▪️ zamonaviy, haroratni nazorat qiluvchi kameralar
▪️ jarayonlarni avtomatlashtirish va bojxona bilan raqamli integratsiya
▪️ yuklarni tezkorlik bilan qayta ishlash va xalqaro standartlarga mos xizmat ko'rsatish.
Maqola muallifi Toshkentning Yevropa va Osiyo o'rtasidagi tranzit markazi sifatidagi strategik rolini va O'zbekistonning global yuk tashish xaritasida tobora ortib borayotgan ahamiyatini ta'kidlaydi.
20 Nov, 2025