Clinics and Pharmacies

Ijobiy dinamika: O‘zbekiston aeroportlari 10 oy ichida 12 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

2025-yilning 10 oyi natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston aeroportlari asosiy ko‘rsatkichlar - yo‘lovchilar tashish, bajarilgan reyslar soni va yuk tashish hajmi bo‘yicha sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi.

10 oy davomida yo‘lovchilar soni 12 683 095 tani tashkil etdi, jumladan, ichki reyslarda 2 296 612 ta va xalqaro reyslarda 10 386 483 ta yo‘lovchi aeroportlar xizmatlaridan foydalangan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 14% ga o‘sganligini anglatadi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida mamlakatning xalqaro aeroportlarida 105 570 ta reys amalga oshirildi, ulardan 30 341 tasi ichki va 75 229 tasi xalqaro yo‘nalishlarda. 2024-yilga nisbatan o‘sish 13% ni tashkil etdi.

Bundan tashqari, 2025-yilning dastlabki 10 oyida 78 453 tonna yuk va pochta qayta ishlangan, bu o‘tgan yilga nisbatan 12% ga ko‘proq.

21 Nov, 2025