"SCAT" aviakompaniyasi O'zbekiston shaharlariga yangi reyslarni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda
Qozog'istonda joylashgan "SCAT" aviakompaniaysi Turkistonning Hazrat Sulton xalqaro aeroportidan (HSA) O'zbekistonning uchta shahriga: Urganch, Buxoro va Samarqandga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'ymoqda. Reyslar dekabr oyida boshlanadi va chiptalar sotuvga qo'yilgan.
Turkiston — Urganch — Turkiston yo'nalishi bo'yicha reyslar 2025-yil 1-dekabrdan boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Turkiston — Buxoro — Turkiston yo'nalishi bo'yicha reyslar shu yilning 2-dekabridan seshanba, payshanba va shanba kunlari boshlanishi rejalashtirilgan.
Turkiston — Samarqand — Turkiston yo'nalishi bo'yicha reyslar shu yilning 3-dekabridan boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Yangi yo'nalishlarning ishga tushirilishi Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi transport imkoniyatlarini kengaytiradi va mintaqadagi shaharlar o'rtasida sayohatni yanada qulaylashtiradi.
24 Nov, 2025