"FlyDubai" aviakompaniyasining Dubayga uchadigan reysi bir kunga kechiktirildi
“FlyDubai” aviakompaniyasining Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da uchishi belgilangan FZ1942 (Toshkent – Dubay) reysi texnik sabablarga ko‘ra 24 soatga kechiktirildi.
Ushbu reysning barcha yo‘lovchilari aviakompaniya tomonidan mehmonxonaga joylashtirilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, FZ1942 reysi 2024-yil 1-fevral Toshkent vaqti bilan soat 04:30 ga koʻchirildi.
Parvoz jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin. Shuningdek, parvoz holati haqidagi maʼlumotlarni "Uzbekistan Airports"ning rasmiy veb-sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkin.
31 Jan, 2024