Shaxmatchi Javohir Sindarov Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi
Bugun Dehlidan uchib kelgan "Uzbekistan Airways"ning HY-424 reysi poytaxt xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Samolyot bortida 19 yoshli grossmeyster, FIDE Jahon shaxmat kubogi sohibi Javohir Sindarov, turnir tarixidagi eng yosh chempion ham yetib keldi.
Chempion sharafiga Toshkent aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Shaxmatchini tabriklash uchun O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, sport tashkilotlari vakillari, hamkasb shaxmatchilar, uning oilasi va do'stlari kelishdi.
Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov bir kun oldin Jahon kubogi finalida xitoylik grossmeyster Vey Iyni mag'lub etib, 2026-yilgi nomzodlar turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Biz chempionimizning yutuqlari bilan faxrlanamiz va unga yana ko'plab g'alabalar tilaymiz! 🇺🇿♟✨
27 Nov, 2025