O'zbekistondagi joriy reyslar jadvalini qayerdan bilsa bo'ladi?
Agar siz uchishni yoki yaqinlaringizni kutib olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, mamlakatdagi barcha aeroportlardagi joriy reyslar jadvalini bir nechta usul bilan bilib olishingiz mumkin:
🔹 "Uzbekistan Airports" rasmiy sayti
🌐 www.uzairports.com
“Parvozlar holati” boʻlimida real vaqt rejimida barcha ketish va kelish reyslari koʻrsatiladi: reys raqami, aviakompaniya, yoʻnalish va joriy holat.
🔹 Terminallardagi ma'lumot ekranlari
Aeroportning barcha hududlaridagi ma'lumot ekranlarida reyslar haqidagi dolzarb ma'lumotlar ko'rsatiladi. Ma'lumotlar umumiy tizim bilan sinxronlashtirilgan va avtomatik ravishda yangilanadi.
🔹Aviakompaniya sayti
Agar siz aniq bir reysga qiziqsangiz, reysni amalga oshiruvchi aviakompaniya (masalan, “Uzbekistan Airways”) saytidagi ma’lumotlarni ham tekshirishingiz mumkin.
➡️ "Parvoz holati" bo'limida (agar mavjud bo'lsa) kerakli reysni raqam yoki yo'nalish bo'yicha kuzatishingiz mumkin.
❗️ E'tibor bering: barcha aviakompaniyalarda ham bu bo'lim mavjud emas.
🔹 @UzairportsBot Telegram boti orqali
Jadvalni to'g'ridan-to'g'ri messenjerda topishning qulay usuli - tez, oson va ro'yxatdan o'tmasdan.
🔹 "Uzbekistan Airports" mobil ilovasi
📱 iOS va Android qurilmalari uchun mavjud - aktual reyslar , bildirishnomalar va aeroport xizmatlari telefoningizda.
🔹 "Uzbekistan Airports" Aloqa markazi
📞 +998 55 501 45 55 (24/7 faoliyat yuritadi)
🕒 Resylarning joriy holatidan xabardor bo'ling - onlayn, terminalda yoki to'g'ridan-to'g'ri telefoningizda.
01 Dec, 2025