"Uzbekistan Airports" kompaniyasida Konstitutsiya bayrami va Davlat madhiyasi kuni nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33 yilligi nishonlanayotgan shu kunlarda “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiy korxonalarida mehnat qilib kelayotgan xodimlar uchun siyosiy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Ushbu siyosiy-ma’rifiy tadbirda Toshkent aviatsiya transporti prokurori Sherzod Mamadjonov, “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi Sarvar Fayzullayev, ekspert, filologiya fanlari doktori, taniqli jurnalist, yozuvchi To‘lqin Eshbek, tizim tashkilotlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xodimlarga Konstitutsiyamizning qabul qilinishi va unga kiritilgan o‘zgartirishlar har bir bobni atroflicha tahlil qilgan holda so‘zlab berildi. Yig‘ilganlar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar. Bosh Qomusimiz bayrami Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida “fleshmob” aksiyasi bilan davom ettirildi. Unda uchib ketayotgan yo‘lovchilarga Konstitutsiyamiz haqida savollar berildi, yo‘lovchilarning ko‘ksiga bayrog‘imiz ranglari aks ettirilgan tasmalar taqildi.
Ushbu aksiya mamlakatimiz mehmonlari va yo‘lovchilarga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi.
05 Dec, 2025