Clinics and Pharmacies

Singapurlik sayyohlar Toshkent aeroportida kutib olindi

7-dekabr kuni birinchi sayyohlar guruhi Singapurdan "Drukair" aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan maxsus charter reysi bilan Toshkentga yetib keldi. Parvoz taniqli "Chan Brothers" turistik kompaniyasi ko'magida singapurlik sayyohlarni O'zbekistonga jalb qilish dasturi doirasida tashkil etildi.

Samolyot an'anaviy tarzda suv arkasi bilan, dastlabki 118 yo'lovchi esa milliy musiqa sadolari ostida uchib kelish zonasida tantanali ravishda kutib olindi. Keyingi charter reysida 14-dekabr kuni, Singapurdan yana 90 sayyoh poytaxtimizga yetib kelishi kutilmoqda.

Mazkur reyslar Singapur turizm bozori bilan hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo'lib, O'zbekistonning turizm salohiyatini targ'ib qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

08 Dec, 2025