Clinics and Pharmacies

"Qanot Sharq" aviakompaniyasi Buxoro va Jidda shaharlarini havo qatnovlari orqali bog‘lamoqda

7-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:03da “Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasining samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi va shu bilan kompaniyaning Buxoro-Jidda-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlariga start berdi.

Buxorodan Jiddaga yoʻlovchi reyslari haftada bir marta – dushanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

"Qanot Sharq" — bosh ofisi Toshkentda joylashgan mahalliy aviatashuvchi. Aviakompaniya parkida Airbus A320, A321neo va A330 mavjud boʻlib ichki va xalqaro aviatashuvlarni amalga oshiradi.

07 Feb, 2024