Clinics and Pharmacies

15,5 mln yo‘lovchi: "Uzbekistan Airports" kompaniyasi 2025-yil yakunlarini e’lon qildi

2025-yil "Uzbekistan Airports" kompaniyasi uchun barqaror o‘sish yili bo‘ldi. Yo‘lovchilar oqimi, reyslar soni hamda yuk tashish hajmlari bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan ijobiy natijalar qayd etildi.

Yil davomida mamlakat aeroportlarida 128 972 ta aviareys amalga oshirildi, bu esa 2024-yilga nisbatan 14 foizga ko‘proq. Shundan 92 480 ta reys xalqaro, 36 492 tasi esa ichki yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2025-yilda O‘zbekiston aeroportlari 15 504 264 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga yuqori. Yo‘lovchilarning 12 707 101 nafari xalqaro reyslar, 2 797 163 nafari esa ichki aviaqatnovlardan foydalangan.

Yuk tashish segmentida ham ijobiy dinamika saqlanib qolindi. 2025-yilda O‘zbekiston aeroportlarida 98 137 tonna yuk va pochta qayta ishlangan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 12 foizga ko‘pdir.

Shuni ham ta'kidlash joizki, o'tgan yili O'zbekiston aeroportlariga to'rtta xorijiy "Air China" va "China Eastern", "Korean T'Way" va malayziyaning "Air Asia" aviakompaniyalari jalb qilindi.

2025-yil yakunlari O‘zbekiston aviatsiya sohasining izchil rivojlanayotganini, xalqaro qatnovlar faolligi oshib borayotganini hamda ichki aviaqatnovlar bosqichma-bosqich kengayayotganini ko‘rsatdi.

25 Jan, 2026