Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportining “pasporti” — TAS kodi haqida 5 ta fakt

Har gal aviachipta sotib olayotganingizda ushbu uchta harfni ko‘rasiz. Ammo ularning ortida nima bor? O‘zbekistonning asosiy aviatsiya nomi tarixini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣ Dunyoda yagona

TAS kodi IATA (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) tomonidan berilgan. Dunyoda 10 000 dan ortiq aeroport bor, lekin TAS kodi faqat bitta. Bu har qanday xatolikning oldini oladi: London yoki Tokiodan kelayotgan yukingiz har doim aynan Toshkentga yetib keladi.

2️⃣ 30-yillarda boshlangan tarix

Uch harfli kodlar tizimi aviatsiya ommaviylashgan paytda paydo bo‘lgan. Toshkent o‘z “indeks”ini shahar nomining lotincha yozilishidagi birinchi harflaridan olgan — TAShkent.

3️⃣ “Monopolist” kod

Yirik megapolislarda (masalan, Moskva yoki Parij kabi) shaharning umumiy kodi bitta, har bir aeroportning kodi esa boshqacha bo‘ladi. Bizda esa TAS — bu ham shahar kodi, ham aeroportning o‘z kodidir.

4️⃣ Yukdagi asosiy belgi

Yuk birkangizdagi (bagajka) eng katta harflar — bu aynan TAS. Butun dunyodagi avtomat skanerlar uchun bu: “Toshkent reysiga yuklansin!” degan asosiy signaldir.

5️⃣ Ikkinchi “maxfiy” kod

Yo‘lovchilar uchun Toshkent aeroporti — TAS, lekin uchuvchilar va dispetcherlar uchun u — UZTT. Bu parvoz xaritalari uchun qo‘llaniladigan ICAO kodidir.

🇺🇿 O‘zbekistonda poytaxtdan tashqari yana 10 ta xalqaro aeroport mavjud va ularning har biri o‘zining noyob “kod-pasporti”ga ega:

✈️ SKD — Samarqand

✈️ BHK — Buxoro

✈️ FEG — Farg‘ona

✈️ NMA — Namangan

✈️ AZN — Andijon

✈️ UGC — Urganch

✈️ NCU — Nukus

✈️ NVI — Navoiy

✈️ KSQ — Qarshi

✈️ TMJ — Termiz

20 Feb, 2026