Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida Alisher Navoiyning tavallud kuni keng nishonlandi

9-fevral kuni buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi nishonlanadi. Shu kuni Uzbekistan Airports Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda poytaxt xalqaro aeroportining uchish zalida tematik fleshmob tashkil etdi.

Shermat Yormatov nomidagi Milliy yoshlar xorining solistlari Alisher Navoiy sheʼrlarini musiqiy shaklda ijro etishdi. Yoʻlovchilar va aeroport mehmonlari ushbu buyuk oʻrta asr shoirining sheʼrlarini zamonaviy ijroda eshitish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Madaniy tadbir bugun Sharja, Tehron, Sharm al-Shayx, Moskva, Olmaota, Dushanbe, Bishkek, Istanbul va boshqa shaharlarga uchayotgan mingdan ortiq yo‘lovchilarni qamrab oldi.

09 Feb, 2026