Aeroportning o‘zgacha tili: xalqaro fonetik alifbosi nima?
Agar siz aeroportda "Alpha", "Bravo", "Charlie" kabi so‘zlarni eshitgan bo‘lsangiz, demak gap xalqaro fonetik alifbosi haqida ketmoqda. Bu 1913-yilda ishlab chiqilgan xalqaro harflarni uzatish tizimi bo‘lib, aviatsiyada xavfsiz va aniq aloqani ta’minlash uchun Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan tasdiqlangan.
Bu alifbo nima uchun kerak? Chunki efirda oddiy harflar bir-biriga o‘xshash eshitilishi va chalkashib ketishi mumkin. Aviatsiyada esa bitta harfdagi xato ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, har bir harf hatto shovqinlar yoki turlicha talaffuz (aksent) vaqtida ham aniq eshitiladigan maxsus so‘z bilan almashtirilgan.
Har bir lotin harfi uchun alohida so‘z mos keladi: Alpha, Bravo, Charlie, Delta, Echo, Zulu va hokazo. Masalan, Toshkent aeroportining TAS kodi radioaloqa orqali "Tango – Alpha – Sierra" deb uzatiladi.
Bugungi kunda fonetik alifbodan nafaqat uchuvchilar va dispetcherlar, balki harbiylar, dengizchilar, qutqaruv xizmatlari va aloqa aniqligi muhim bo‘lgan barcha soha vakillari foydalanadilar.
IKAO fonetik alifbosi — bu butun dunyo bo‘ylab aviatsiyaning xavfsiz va aniq ishlashiga yordam beradigan oddiy, ammo juda muhim vositadir
13 Feb, 2026