Clinics and Pharmacies

“Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroportida 14-fevral — ulug‘ bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining 543 yillik tavallud sanasi keng nishonlandi

Bugun, “Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroportida 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining 543 yillik tavallud sanasi keng nishonlandi. Andijon shahrining tanaqli san’at namoyondasi aeroport terminalida animatsiya ko‘rinishida fleshmob o‘tkazdi.

Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriyzoda shahzodasi bo‘lgan.

Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, arab va fors tillarini o‘rgangan. Ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qilgan, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlagan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) tahallusini olgan.

Bugungi kunda, buyuk ajdodimizning nomini abadiylashtirish, hazratga hurmat bajo keltirish maqsadida Andijon shahridagi xalqaro aeroportga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilgan.

15 Feb, 2026