Toshkent aeroportida bepul Wi‑Fi: qanday ulanish mumkin?
Siz Toshkent aeroportidasiz va bepul Wi-Fi tarmog'iga ulanishni xohlaysizmi?
Bu juda oson - biz sizga qanday ulanishni bosqichma-bosqich ko‘rsatamiz!
Avval, AIRPORT FREE Wi-Fi tarmog‘iga ulaning.
Ekranda avtorizatsiya sahifasi ochiladi – o‘zingizga qulay ulanish usulini tanlang.
✅ Birinchi usul - pasport skaneri orqali.
Chet elga chiqish pasportini oching va sizning suratingiz tushirilgan sahifani ehtiyotkorlik skanerdan o‘tkazing.
Agar yashil indikator yongan bo‘lsa, barchasi muvaffaqiyatli o‘tdi!
Ekranda ulanish uchun shaxsiy Wi-Fi kodi paydo bo‘ladi. Uni rasmga oling yoki chop eting.
Keyin ushbu kodni avtorizatsiya sahifasiga kiriting va tasdiqlash uchun tug‘ilgan sanangizni kiriting.
Bajarildi — siz tarmoqdasiz!
✅ Ikkinchi usul - onlayn ro'yxatdan o'tish.
Pasportingizning rasmini yuklashingiz yoki suratga olishingiz mumkin.
Tizim ma'lumotlarni avtomatik ravishda tanib oladi.
"Ulanish" tugmasini bosing va Internetdan foydalaning.
✅ Uchinchi usul - SMS orqali ulanish.
Telefon raqamingizni xalqaro formatda kiriting, bir martalik kodni oling va uni veb-saytga kiriting.
Bu usulni sizda rouming yoqilgan bo‘lsa qo‘llash mumkin.
Sizga 60 daqiqagacha cheksiz Wi-Fi taqdim etiladi. Tarmoqqa kuniga uch martagacha ulanishingiz mumkin.
Parvoz va barqaror aloqadan rohatlaning!
17 Feb, 2026