"Uzbekistan Airports" aerodrom maxsus texnikalar parkini yangilamoqda
"Uzbekistan Airports" mamlakat aeroportlarining yerusti infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik jihozlanishini yaxshilashni davom ettirmoqda. Yangilash dasturi doirasida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish hamda yuk operatsiyalari samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan yangi maxsus aerodrom texnikalari xarid qilindi.
Jami 8 dona maxsus texnika sotib olindi:
🔹 Chang Sha Huoli Taiyang Manufacture tomonidan ishlab chiqarilgan 4 dona HTM-T150 aviatsiya tyagachlari – vazni 150–160 tonna bo‘lgan havo kemalarini shatakka olish uchun mo‘ljallangan;
🔹 Qingdao Guangtuo New Aviation Technology tomonidan ishlab chiqarilgan 2 dona WGSJT7 konteyner va pallet ortgichlari – yuk ko‘tarish quvvati 7 tonnagacha;
🔹 Qingdao Guangtuo New Aviation Technology tomonidan ishlab chiqarilgan 2 dona WGSJT14 konteyner va pallet ortgichlari – yuk ko‘tarish quvvati 14 tonnagacha.
Yangi texnikalar respublika aeroportlari o‘rtasida taqsimlanadi. Zamonaviy maxsus texnikalarning ishga tushirilishi havo kemalariga yerusti xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tezlashtirish, perrondagi operatsiyalar xavfsizligini oshirish, shuningdek, yo‘lovchi va yuk reyslariga xizmat ko‘rsatishda aeroportlarning o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish imkonini beradi.
19 Feb, 2026