Clinics and Pharmacies

O‘zbekiston aeroportlarida biznes zallar va "Fast Track" xizmati uchun to‘lovlarni endi www.uzairports.com (https://web.uzairports.com/order) sayti orqali amalga oshirish mumkin.

Endi siz "Fast Track", shuningdek, poytaxt va viloyatlar aeroportlaridagi biznes zal xizmatlarini "Uzbekistan Airports" kompaniyasining rasmiy sayti — www.uzairports.com orqali oldindan xarid qilishingiz mumkin.

Buning uchun veb-saytda "Aeroport xizmatlari" ruknida kerakli xizmatni — "Fast Track", Anor yoki "CIP" zallaridan birini tanlash kerak. "CIP" toifasida Toshkent aeroportidan tashqari mintaqaviy — Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Navoiy aeroportlarini ham tanlash mumkin. Shundan so‘ng, yo‘lovchi o‘zining reysini tanlashi lozim. Ta'kidlash joiz, reyslar ro‘yxatida joriy vaqtdan kamida bir soat oldin uchadigan reyslar ko'rsatiladi. S‘ongra yo'lovchining shaxsiy ma'lumotlari — familiyasi va ismi (lotin alifbosida), telefon raqami va elektron pochta manzili kiritiladi. To‘lovni ikki usulda — "Click" to‘lov tizimi orqali yoki karta ma'lumotlari yordamida amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan aeroport xizmatlarini @uzairportsBot — rasmiy Telegram boti yoki +99855 501 45 55 telefon raqamini terib yagona Aloqa markazi orqali xarid qilish mumkin. Xizmatni masofadan sotib olgan yo‘lovchi uchishdan oldin to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroportdagi xizmat ko‘rsatilayotgan joyga murojaat qilishi va hodimga o'zining F.I.SH. va parvoz raqamini ma'lum qilishi lozim.

14 Feb, 2024