Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida qanday bepul xizmatlar bor?

Uchishni yoki mehmonlarni kutib olishni rejalashtiryapsizmi? Toshkent xalqaro aeroporti yo‘lovchilari uchun qulaylikni ta’minlaydigan bir qator bepul xizmatlar mavjud.

Qo‘shimcha to‘lovsiz foydalanishingiz mumkin bo‘lgan xizmatlar ro‘yxati:

🔹 Wi-Fi — o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kiosklarida pasportingizni skanerlash yoki telefon raqamini avtorizatsiya qilish orqali terminal hududida internetga ulanish;

🔹 Xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallaridagi ona-bola xonasi — maktabgacha yoshdagi bolalar va 14 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar bilan yo‘lovchilarning qisqa muddatli foydalanishlari (ovqatlantirish, tagliklarni almashtirish);

🔹 Tibbiyot punkti — terminal hududida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

🔹 "Duty Free" hududda jihozlangan namoz va tahorat xonalari;

🔹 steril hududning B1/B2, B12 chiqish yo‘laklari yaqinida, shuningdek, "Anjir Lounge" va CIP biznes zalida joylashgan chekish xonalari;

🔹 Yuk aravachalari — jo‘nab ketish va kelish terminallarida cheklovlarsiz mavjud;

🔹 Jo‘nab ketish terminali yaqinida 10 daqiqagacha to‘xtab turish mumkin bo‘lgan maxsus belgilar bilan ajratilgan yo‘lak — yo‘lovchilarni tez tushirish/olish uchun;

🔹 Ketish va kelish zallaridagi ma’lumot peshtaxtalari — barcha masalalar bo‘yicha yordam va maslahatlar;

🔹 Harakati cheklangan yo‘lovchilar uchun hamrohlik qilish (kirish joyidan samolyotga chiqishgacha va orqaga);

🔹 "Coworking" hududi — jo‘nash terminalining steril hududida ishlash uchun jihozlangan joy.

📌 Ushbu qulayliklarning barchasi kecha-yu kunduz aeroport yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha to‘lovlarsiz xizmat qiladi.

26 Feb, 2026