“Uzbekistan Airports” Andijon viloyati jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi
2026-yil 25-mart kuni Andijon xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports”AJ boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosarining Sayyor qabuli bo'lib o'tadi.
Sayyor qabulda fuqarolarning aeroport faoliyatiga doir murojaatlari ko‘rib chiqiladi, aeroport tizimidagi o‘zgarishlar va infratuzilmasini rivojlantirish ishlari haqida jamoatchilikka axborot beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar aeroport faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.
📅 Sana: 25.03.2026
🕒 Vaqti: 10:00 – 12:00
📍 Manzil: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi “Andijon” xalqaro aeroporti
Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
13 Mar, 2026