Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” AJ Namangan viloyati jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi

2026-yil 24-mart kuni «Namangan xalqaro aeroporti»da “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi o‘rinbosarining Sayyor qabuli bo'lib o'tadi.

Sayyor qabulda aeroport faoliyatiga doir fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqiladi, aeroport tizimidagi o‘zgarishlar va infratuzilmasini rivojlantirish ishlari haqida jamoatchilikka axborot beriladi hamda ishga kirish tartibi tushuntiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar aeroport faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.

📅 Sana: 24.03.2026

🕒 Vaqti: 12:00 – 14:00

📍 Manzil: Namangan xalqaro aeroporti

Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

17 Mar, 2026