Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” AJning o‘n yillik strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tender e’lon qilindi

“Uzbekistan Airports” AJ milliy aeroportlar tizimini rivojlantirishga qaratilgan o‘n yillik strategiyani ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyasini tanlash maqsadida tender e’lon qiladi.

Mazkur loyiha doirasida Jamiyat tomonidan bevosita boshqariladigan aeroportlar, amaldagi va kelgusidagi davlat-xususiy sheriklik (DXSh) yoki konsessiya bitimlari asosida boshqariladigan aeroportlar, shuningdek tashqi yoki xususiy boshqaruvga o‘tkazilishi rejalashtirilgan aeroportlar bo‘yicha strategik rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Ishlab chiqiladigan strategiya aviatsiya sohasining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida butun milliy aeroportlar tizimini qamrab oluvchi yagona strategik hujjat bo‘lishi lozim. Strategiya turli mulkchilik va boshqaruv modellariga moslashuvchan bo‘lishi, shuningdek geosiyosiy, iqtisodiy, texnologik va bozor omillaridagi o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lishi zarur.

Tenderda ishtirok etish uchun aviatsiya, transport infratuzilmasi yoki strategik konsalting sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan xalqaro va mahalliy kompaniyalar taklif etiladi.

Batafsil ma’lumot olish uchun:

Elektron pochta: strategy@uzairports.com

Telefon: (+998) 55 501 47 47 (ichki raqamlar: 4731)

18 Mar, 2026