Farg‘ona aeroportida perronni ta’mirlash ishlari boshlandi
Shu kunlarda Farg‘ona xalqaro aeroportida perron qoplamasini kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Loyiha eskirgan asfalt-beton qoplamasini to‘liq almashtirish, mustahkamlash, shuningdek, perronning barcha elementlarini zamonaviy xavfsizlik va foydalanish talablariga muvofiq holatga keltirishni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, muhandislik kommunikatsiyalarini, jumladan, suv chiqarish tizimlarini yangilash hamda perron yoritish tizimini energiya tejamkor va zamonaviy uskunalar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Mazkur obyektda oxirgi marta rekonstruksiya ishlari 1991-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shandan beri kapital yangilash ishlari bajarilmagan.
Kapital ta’mirlashdan so‘ng samolyotlar turar 9 taga yetadi. Bunga mavjud maydonni qayta konfiguratsiya qilish: chiziqlarni yangilash, havo kemalarining joylashishini optimallashtirish, shuningdek, yoritish machtalarining o‘rnini ko‘chirish hisobiga erishiladi.
25 Mar, 2026