Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" hududlarda yoshlar bilan ishlashni kuchaytirmoqda

Hududlarga xizmat safari doirasida “Uzbekistan Airports” boshqaruv raisi o‘rinbosari Bekzod Yusupov Andijon, Namangan va Farg‘ona xalqaro aeroportlarida yosh mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ucharuvlar yoshlarning dolzarb masalalari, g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama muhokama qilishga qaratilgan ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tdi. Muloqot davomida rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi: yosh mutaxassislar bandligini ta’minlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish, zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda professional ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, tashabbuskor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yechimlarni joriy etish.

Aviatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish jarayonlariga yoshlarni jalb etish va sohaning kadrlar salohiyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvlar yakunida fuqaro aviatsiyasi tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator amaliy takliflar ishlab chiqildi.

26 Mar, 2026