Andijon aeroportida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Hududlarga xizmat safari doirasida “Uzbekistan Airports” boshqaruv raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Andijon xalqaro aeroportida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv aeroportlar faoliyati hamda hududlarda aviatsiya sohasini rivojlantirishga oid dolzarb murojaat, taklif va savollarni ko‘rib chiqishga qaratildi.
Qabul davomida ishga joylashish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari ko‘tarildi. Har bir murojaat batafsil ko‘rib chiqilib, arizachilarga tushuntirishlar berildi va mas’ul xizmatlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aeroportlar ish samaradorligini oshirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qator amaliy choralar belgilab olindi. Fuqarolarning muntazam qabullarini o‘tkazish aholi bilan qayta aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi va jamoatchilikning dolzarb so‘rovlariga tezkor munosabat bildirish imkonini beradi.
26 Mar, 2026