Clinics and Pharmacies

Namangan va Farg‘onada "Uzbekistan Airports" rahbariyati ishtirokida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi

Hududlarga xizmat safari doirasida “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining xodimlar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Mirusmanov Namangan va Farg‘ona xalqaro aeroportlarida fuqarolar uchun sayyor qabullar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar ochiq muloqot shaklida o‘tdi va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, aeroportlar faoliyati hamda sohaning kadrlar salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi.

Qabullar davomida ishga joylashish, mehnat sharoitlari, xodimlarning professional rivojlanishi hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari ko‘tarildi. Barcha murojaatlar batafsil ko‘rib chiqilib, arizachilarga zarur tushuntirishlar berildi, tegishli bo‘linmalarga esa aniq topshiriqlar yuklatildi.

Xodimlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, qulay mehnat sharoitlarini yaratish va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

27 Mar, 2026