Clinics and Pharmacies

Yaqin Sharqdagi joriy vaziyat munosabati bilan

Barcha rezident va norezident aviakompaniyalar O‘zbekiston aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron, Quvayt va Isroil aeroportlariga amalga oshiriladigan parvozlarni vaqtincha to‘xtatib turadi.

Hozirgi vaqtda rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan 2026-yil 28-fevralgacha jo‘nab ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida parvozlar amalga oshirilmoqda. Ushbu reyslar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun faqatgina aviakompaniyalarning vakolatxonalariga va ularning rasmiy veb-saytlarida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga (ishonch telefonlariga) murojaat qilish lozim. 

Ehtimoliy tushunmovchiliklar va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida faqat rasmiy ma’lumot manbalaridan foydalanish va tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

03 Mar, 2026