O‘zbekiston aeroportlarida bahor tarovati: Ayollarga bayramona ehtirom!
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida O‘zbekiston aeroportlarida ayol xodimlar uchun bayram tadbirlari o‘tkazildi. Shunday tadbirlardan biri kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Toshkent aeroporti va «Uzbekistan Airports» kompaniyasida ishlovchi ayollar uchun tashkil etilgan sayyor tadbir bo‘ldi.
Tadbir «Chinobod Plaza» sanatoriysida bo‘lib o‘tdi va aeroport hamda boshqaruv kompaniyasining turli xizmatlaridan 50 dan ortiq xodim ayollarni jamladi. Dastur oila va bolalar psixologi Shoira Isakova bilan bir nechta qiziqarli mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oldi. Unda ishtirokchilar emotsional intellekt mavzusi hamda kundalik hayotda ichki muvozanatni saqlash usullarini muhokama qildilar. Kun ikkinchi yarmida shashka bo‘yicha bayram turniri o‘tkazildi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bayramona muhit bu kunlarda aeroportning barcha xizmatlarida sezilib turdi. Aeroport xavfsizligini ta’minlashda doimiy xizmat olib borayotgan ayollar — Aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi aerovokzal majmuasi nazoratchilari bo‘limi xodimlariga alohida minnatdorchilik so‘zlari aytildi. Ularning professionalligi, mas’uliyati va har qanday vaziyatdagi xotirjamligi aeroportning xavfsiz va barqaror ishlashining muhim qismidir.
Shuningdek, bugun jamoaning kuchli yarmi nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish agentlari, dispetcherlar, instruktorlar, kassirlar, tibbiyot xodimlari, xodimlar bilan ishlash bo‘limi, buxgalteriya, yo‘lovchilarga va yerda xizmat ko‘rsatish departamentlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xizmati, Kontakt-markazi, ruxsatnomalar byurosi va boshqa ko‘plab sohalarda ishlovchi ayollar tabriklarni qabul qilib oldilar.
Bunday tadbirlar yaxshi an’anaga aylanib bormoqda — bu norasmiy muhitda muloqot qilish, ish sur’atidan biroz chalg‘ish va ayollarning aeroport ishiga qo‘shayotgan hissasini nishonlash uchun imkoniyatdir. 🌸✈️
06 Mar, 2026