Clinics and Pharmacies

Samarqand - Olmaota yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ochildi

Yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan aeroport terminalida viloyat rahbariyati, Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsuli, shuningdek, aeroport rahbariyati va "FlyArystan" aviakompaniyasi vakillari ishtirokida rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ro‘yxatdan birinchi bo‘lib o‘tgan yo‘lovchiga aviakompaniya tomonidan aviachipta uchun sertifikat, Air Marakanda tomonidan esa CIP zalidan foydalanish uchun sertifikat taqdim etildi.

💐🧑🏻‍✈️ "FlyArystan" samolyoti an’anaviy ravishda suv arkasi bilan, ekipaj esa gullar bilan perronda kutib olindi.

📅 Samarqanddan parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

18 Mar, 2026