“Uzbekistan Airports” AJ Farg'ona viloyati jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi
2026-yil 27-mart kuni «Farg'ona xalqaro aeroporti»da “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi o‘rinbosarining Sayyor qabuli bo'lib o'tadi.
Sayyor qabulda aeroport faoliyatiga doir fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqiladi, aeroport tizimidagi o‘zgarishlar va infratuzilmasini rivojlantirish ishlari haqida jamoatchilikka axborot beriladi hamda ishga kirish tartibi tushuntiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar aeroport faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.
📅 Sana: 27.03.2026
🕒 Vaqti: 12:00 – 14:00
📍 Manzil: Farg'ona xalqaro aeroporti
Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
19 Mar, 2026