Shanxay – Toshkent yo‘nalishidagi ilk parvoz havo kemasining yorqin livreyasi bilan ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Toshkentga "WorldSkills" xalqaro harakati va "WorldSkills Shanghai 2022" chempionatiga bag‘ishlangan maxsus livreyadagi samolyot yetib keldi. Fyuzelyaj mahorat, texnologiya va kreativlik ramzi bo‘lgan Neng Neng va Qiao Qiao maskotlari bilan bezatilgan.
Bunday livreyalar cheklangan miqdorda yaratiladi va muhim xalqaro tadbirlar hamda hamkorliklarni aks ettirib, aviatsiya tarixining bir qismiga aylanadi. Yangi reys aynan shunday ko‘zga tashlanadigan, ramziy va haqiqatdan ham noyob bortning tashrifi bilan ochilishi quvonarli holat.
31 Mar, 2026