Namangandan Dehliga ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Namangan va Dehli o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni ochdi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi reys bugun, 3-aprel kuni bortida 96 nafar yo‘lovchi bilan Airbus A320 havo kemasida amalga oshirildi.
Reysga ro‘yxatdan o‘tish aeroport va aviakompaniya vakillari ishtirokida tantanali ravishda ochildi. Yo‘lovchilar uchun ijodiy jamoa ishtirokida madaniy dastur ham tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha muntazam reyslar haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
03 Apr, 2026