Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Toshkent xalqaro aeroportida “Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning burchimiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir aeroport direktori Jasur Pulatov rahbarligida, aeroport ma’muriyati va yosh xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar davomida aeroport direktori korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz muhitni shakllantirish zarurligini va bu masalaga “favqulodda holat” darajasida yondashish muhimligini alohida ta’kidladi.

Halollik va vijdonlilik tamoyillariga rioya qilish — har bir xodimning majburiyati ekanligi alohida qayd etildi. Aeroport direktori yoshlarni ushbu qadriyatlarga sodiq qolishga va qonunbuzarliklarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

Tadbir doirasida videotaqdimot hamda savol-javob sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yakunda bir necha xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

06 Apr, 2026