Clinics and Pharmacies

Uzbekistan Airports jamoasi xalqaro futbol turnirida The Shield Cup sohibiga aylandi

Olmaota shahrida o‘tkazilgan World Aviation Cup musobaqasi davomida jamoa yuqori darajadagi tayyorgarlik, jipslik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqni namoyish etib, turli davlatlardan kelgan kuchli raqiblar bilan munosib bellashdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, jamoa hisobida 2 ta g‘alaba, 1 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etildi. Ushbu ishtirok O‘zbekiston aviatsiya sohasi nufuzini xalqaro maydonda yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Jamoa Toshkent shahriga qaytib kelgach, tantanali ravishda kutib olindi. Ularni hamkasblari, yaqinlari va soha vakillari katta hurmat va faxr bilan qarshi oldilar.

Mazkur ishtirok nafaqat sport tajribasi, balki jamoaviy ruh, birdamlik va xalqaro hamkorlikning yorqin namunasiga aylandi. Uzbekistan Airports jamoasi kelgusida ham yangi marralarni zabt etishga qat’iy bel bog‘lagan.

07 Apr, 2026