Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports"da navbatdagi “Donor kuni” bo‘lib o‘tdi

10-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportining mahalliy aviaqatnovalar terminalida joriy yildagi birinchi “Donor kuni” o‘tkazildi. Aksiya an’anaga ko‘ra Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. "Uzbekistan Airports"da bunday tadbirlar yilda bir necha marta o‘tkaziladi va kompaniya hamda uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanadi.

Bu galgi qon topshirish aksiyasida 89 kishi: 78 erkak va 11 ayol ishtirok etdi. Majburiy tibbiy ko‘rikdan so‘ng 80 nafar donor qon topshirishga ruxsat oldi. Yig‘ilgan qonning umumiy hajmi 28 litr 650 ml ni tashkil etdi. Bu shunchaki raqamlar emas: har bir donor uch nafargacha inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Demak, aksiya ishtirokchilari tufayli 180 ga yaqin kishi, jumladan, bolalarga yordam ko‘rsatiladi.

So‘nggi yillardagi statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak: 2022-yilda kompaniyaning 40 nafar xodimi qon topshirgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 128 nafarga yetdi. Rekord darajadagi donorlar soni 2024-yilda qayd etilgan — 236 kishi. 2025-yilda 182 nafar, 2026-yilda esa hozircha 80 nafar donor qatnashdi. Ushbu davr mobaynida jami 666 nafar donor qon topshirdi, umumiy hajm esa 266 litr 850 ml ni tashkil etib, bu taxminan 1800 nafar bemorga yordam berish imkonini berdi.

"Uzbekistan Airports" barcha donorlik aksiyalarida ishtirok etayotgan xodimlarga minnatdorchilik bildiradi hamda sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash va hayotlarni saqlab qolishga qaratilgan bunday tashabbuslarning muhimligini alohida ta’kidlaydi.

10 Apr, 2026