Toshkent aeroportida qahvaxona uchun joy auktsionga qo'yildi
E-auksion.uz elektron platformasida Toshkent aeroportida qahvaxona tashkil etish uchun tijoriy lot qayta savdoga qo‘yildi.
Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalining ikkinchi qavatida joylashgan 95 kv.m maydon yana auksionga chiqarildi. (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23103110) Potensial ijarachilar kamida uch yillik ish tajribasiga va shaharda kamida uchta faoliyat yuritayotgan shoxobchaga ega bo‘lishlari shart. Mazkur joy uchun boshlang‘ich narx 1 kv.m uchun 300 000 so‘mni tashkil etadi.
Ijarachilarga qo‘yiladigan barcha talablar va ishtirok etish qoidalari E-auksion saytidagi lot tavsifida batafsil bayon etilgan. Auksion shartlariga muvofiq, savdolar jarayonida boshlang‘ich summalar kamida 5 foizga oshishi mumkin. Auksion o‘tkazilishi 2026-yil 15-aprelga rejalashtirilgan.
10 Apr, 2026