Clinics and Pharmacies

“Azimut” aviakompaniyasining Namangan – Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozi 10 soatdan ortiq kechiktirildi

Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da uchishi rejalashtirilgan A49086 (Namangan – Moskva) reysi texnik sabablarga ko‘ra 10 soatdan ortiq vaqtga kechiktirildi.

Reys yo‘lovchilari aviakompaniya tomonidan mehmonxonaga joylashtirilgan va aeroportdan vaqtincha bo‘lish joyigacha transport bilan ta’minlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, A49086 reysi 2024-yil 28-fevral Toshkent vaqti bilan soat 15:30 ga koʻchirilgan.

Parvoz jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni aviatashuvchidan olishingiz mumkin. Shuningdek, barcha parvozlar holati haqidagi maʼlumotlar "Uzbekistan Airports" rasmiy sayti va mobil ilovasida ham mavjud.

28 Feb, 2024