Clinics and Pharmacies

Haftasiga 60 ta reys: O‘zbekistondan Xitoyga qayerdan va qanday uchish mumkin?

Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha haftasiga 60 ta reys amalga oshirilmoqda.

Bu esa yo‘lovchilarga ham shaharlar, ham uchish kunlari bo‘yicha keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi.

Parvozlarni amalga oshirishda 7 ta aviakompaniya ishtirok etmoqda: Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Centrum Air, shuningdek, Xitoyning Air China, China Southern Airlines, China Eastern Airlines va Loong Air kabi aviatashuvchilar. Yo‘nalishlar tarmog‘i poytaxtni, shuningdek, turistik va ishbilarmonlik markazlarini qamrab olib, yo‘lovchilar uchun qulay tanlovlarni beradi.

Toshkent va Samarqanddan Xitoyning qaysi shaharlariga hamda haftaning qaysi kunlari uchish mumkinligi haqida kartochkalarda batafsil ma’lumot beramiz.

20 Apr, 2026