Urganchda ezgulik missiyasi: "Uzbekistan Airports" Incheon delegatsiyasini kutib oldi
"Uzbekistan Airports" xodimlari “Incheon Global Volunteer Program 2026” dasturi doirasida Urganchga tashrif buyurgan Incheon International Airport Corporation delegatsiyasini kutib oldilar. Bu galgi tashrif shunchaki rasmiy emas, balki chinakam insonparvarlik xarakteriga ega.
Delegatsiya tarkibidan tajribali tibbiy guruh o‘rin olgan bo‘lib, ular Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida bepul malakali yordam ko‘rsatmoqdalar. Ko‘plab bemorlar uchun bu xorijiy mutaxassislardan maslahat va davolanish imkoniyatidir.
Biroq, ushbu missiya faqat tibbiyot bilan cheklanib qolmaydi. Dastur ishtirokchilari bolalar bilan ham faol ish olib bormoqdalar: Xorazm viloyati maktablarida bilim va tajriba ulashib, yangi avlodni ruhlantirish maqsadida darslar va volontyorlik tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.
Ushbu tashrif shunchaki navbatdagi xalqaro uchrashuv emas, balki hamkorlik rasmiyatchilik doirasidan chiqib, real yordam, qo‘llab-quvvatlash va mamlakatlar o‘rtasidagi insoniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotganining yorqin namunasidir.
22 Apr, 2026