“Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini DXSh shartlari asosida qurish va boshqarish loyihasi bo‘yicha tenderning birinchi bosqichi (RfQ) muddatini uzaytirish xaqida
Axborot xabarnoma
Rasmiy saralash (RfQ) bosqichi rasman e’lon qilinganidan buyon (https://uzairports.com/blog/488) , “Uzbekistan Airports” AJ Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda loyiha doirasida yetakchi xalqaro aeroport operatorlari, qurilish kompaniyalari va moliyaviy institutlar tomonidan bildirilgan yuqori darajadagi qiziqishni qayd etdi. Mazkur faol ishtirok “Yangi Buxoro” xalqaro aeroporti loyihasining mintaqaviy savdo va turizmni rivojlantirishdagi muhim o‘rni, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar doirasidagi strategik ahamiyatini tasdiqlaydi.
Kuzatilayotgan yuqori qiziqish fonida, potensial ishtirokchilardan hujjatlarni topshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha qator rasmiy murojaatlar kelib tushdi. Xususan, kompaniyalar loyiha texnik talablari murakkabligi hamda xalqaro darajadagi yuqori salohiyatga ega DXSh konsortsiumlarni shakllantirish uchun qo‘shimcha vaqt zarurligini ta’kidladi. Adolatli, shaffof va yuqori raqobatga asoslangan tanlov jarayonini ta’minlash maqsadida, Tender qo‘mitasi tomonidan Malaka so‘rovi (RfQ) – tenderning birinchi bosqichining muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yangi malaka so‘rovi (RfQ) bosqichining muddati: 2026-yil 21-may soat 18:00gacha (Toshkent vaqti)
Barcha manfaatdor tomonlarni ushbu qo‘shimcha muddatdan samarali foydalanib, o‘z takliflarini yakunlash hamda dastlabki e’lon bilan belgilangan mezonlarga to‘liq muvofiqligini ta’minlashni so‘raymiz. Mazkur muddat uzaytirilishi eng ilg‘or xalqaro tajriba va ekspertizani jalb etib Buxoroni jahon darajasidagi transport markaziga (hub) aylantirishga yo‘l ochadi.
| Batafsil ma’lumot olish uchun: | |
| Elektron pochta: tender.info@uzairports.com | Telefon: (+998) 555 01 47 47 (ichki raqamlar: 4510; 4617) |
23 Apr, 2026