"Uzbekistan Airports" xodimlari uchun bahoriy va samimiy tadbir — "Sumalak-party" o‘tkazildi.
Ushbu tadbir hamkasblarni bayramona ruh va milliy an’analar atrofida birlashtirdi.
Mehmonlar Navro‘zning asosiy taomi bo‘lmish sumalakni tayyorlash jarayonida mamnuniyat bilan ishtirok etdilar, o‘zaro muloqotda bo‘lib, toza havoda do‘stona muhitda vaqt o‘tkazdilar.
Bunday uchrashuvlar nafaqat madaniy merosimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi, balki jamoaviy ruhni mustahkamlab, kompaniya ichida o‘ziga xos korporativ madaniyatni shakllantiradi.
05 Apr, 2026