Clinics and Pharmacies

Toshkentdan 2026-yilgi Haj mavsumi ziyoratchilarini kuzatish dasturi boshlandi

2-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:10 da Toshkentdan Madina shahriga ziyoratchilar bilan ilk reys parvoz qilib, “Haj-2026” mavsumini ochib berdi.

Dastur doirasida O‘zbekistonning 9 ta shahridan jami 70 ta aviareys amalga oshirilishi va ular orqali 15 130 nafar ziyoratchi jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.

Eng ko‘p ziyoratchi Toshkent shahridan kuzatiladi — 23 ta reys va 5 392 nafar yo‘lovchi.

Shuningdek, mamlakatimizning hududiy aeroportlaridan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar tashkil etiladi:

Namangandan — 7 ta reys (1 890 ziyoratchi);

Andijondan — 10 ta reys (1 725 ziyoratchi);

Farg‘onadan — 10 ta reys (1 710 ziyoratchi);

Buxorodan — 3 ta reys (1 078 ziyoratchi);

Samarqanddan — 3 ta reys (900 ziyoratchi);

Termizdan — 5 ta reys (882 ziyoratchi);

Qarshidan — 5 ta reys (833 ziyoratchi);

Urganchdan — 4 ta reys (720 ziyoratchi).

Barcha parvozlar Toshkent — Madina yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ziyoratchilar aeroportlarga uyushgan holda kelib, barcha zaruriy ro‘yxatdan o‘tish va bojxona ko‘rigi jarayonlaridan o‘tadilar, so‘ngra uchish hududiga yo‘l oladilar.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida kutish zallarida barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, dam olish joylari va ichimliklar tashkil etilgan.

“Uzbekistan Airports” tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ziyoratchilarni jo‘natish jarayonlari maksimal darajada qulay va tartibli o‘tishini ta’minlash uchun barcha bosqichlarning uzluksiz ishlashini nazorat qilmoqda.

04 May, 2026